saroyda fisq-u fasod, nifoq urug'ini sochayotganlaridan nihoyatda
tashvishga tushadi. Shu bois ulug' shoir Hirotga qaytish istagini bildirib,
Sulton Husayn Boyqaroga maktublar yozadi. Biroq shoh Alisher
Navoiyning istagini qondirmaydi. Bunday noxush munosabatdan tang
ahvolga tushgan ulug' shoir Amir Badriddinni o'z o'mida qoldirib,
Hirotga yo'l oladi va shohdan poytaxtda qolishni iltimos qiladi. Ammo
ikkinchi kuniyoq shohdan Astrobodga qaytish haqida farmon oladi.
Shunday qilib, ulug' shoir sal kam ikki yil bu viloyatda hokim lavozimida
faoliyat ko'rsatadi. Nihoyat, dushmanlarining Alisher Navoiyga
uyushtirgan suiqasdlari fosh etilgach, Sulton Husayn Boyqaroning
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |