kelishmovchiliklami bartaraf etish, yurt osoyishtaligiga rahna soluvchi
ixtiloflami yo‘q qilish bilan juda jiddiy shug‘ullanadi.
2. Bunyodkorlik va obodonchilik ishlariga rahnamolik qilish.
Zahiriddin Bobur Mirzo ulug* shoiming bu boradagi olib borgan
faoliyatiga yuksak baho berib, quyidagilami e’tirof etadi: «Muncha binoyi
xayrkim, ul qildi, kam kishi mundoqqa muvaffaq bo‘lmish bo‘lg‘ay»
(Bobumoma. Toshkent: «Yulduzcha», 1990, 154-bet).
Alisher Navoiy qurdirgan «Ixlosiya» madrasasi Hirot shuhratining
dunyoga yoyilishiga sabab bo‘ldi. Shu madrasaning janubida «Xalosiya»
nomli xonaqoh ham bunyod etildi. Madrasaning g‘arbida tibbiy xizmat
ko‘rsatishga mo‘ljallangan «Shifoiya» nomli bino qurilib, unga mashhur
Do'stlaringiz bilan baham: |