Abunasr Hasanbek Yodgor Muhammad Mirzoni qo‘llab-quwatlab
turadi. Xurosonning ba’zi amirlari ham ko‘p lashkar bilan shahzodaga
qo'shilib, uni otasining taxtini egallashga da’vat etadilar. Shunday qilib,
Yodgor Muhammad Mirzo Husayn Boyqaroning ashaddiy tahlikali
dushmaniga aylanadi.
1469
yilning 11-sentyabrida Yodgor Muhammadning ayovsiz
qarshiliklarini bartaraf etish uchun Husayn Boyqaro yana jangga otlanadi.
U Hirotdan katta qo‘shin bilan chiqib muqaddas Mashhad tomon yo‘l
oladi. Bu yerda Imom Muso ar-Rizo qabrini ziyorat qilib, Mashhadni
asosiy qarorgohiga aylantiradi. Yodgor Muhammadning bu paytda
Isfaroin viloyatida ekanligi haqida ma’lumotlar mavjud edi. Husayn
Do'stlaringiz bilan baham: |