saltanati poytaxtini Hirotdan Mashhadga ko‘chiradi. Ana o‘sha yillardan
boshlab, Alisher Navoiy hayotining Mashhad davri boshlanadi. Ayni
yillar ulug1 mutafakkir ijtimoiy-adabiy hayoti uchun ayricha mavqega
ega. Yosh shoir o'zi uchun «ota masobasida» bo'lgan, «turk va sart
orasida andin tamomroq kishi ko'rmagan» Darvesh Sayyid Hasan
Ardasher bilan uchrashadi. «Majolis un-nafois»dagi ma’lumotlarga ko'ra,
hayotining Mashhad davrida Alisher Navoiy iste’dodli shoir sifatida
elga tanilgan, uning dilbar nazmi Xuroson mulkida ancha keng shuhrat
topgan edi. Ayniqsa, Shayx Sayyid Hasan Ardasher yig'inlarda yosh
shoiming quyidagi baytlarini ko'p o'qir va xushvaqt bo'lardi:
Do'stlaringiz bilan baham: |