Taroziyning «Fununul-balog'a» asarida «M a’dan ul-latoyif Lutfiyi
Shoshiy» hamda «Lutfiyi Shoshiy aytur» tarzida tilga olingan bo‘lsa-da,
shoim ing tavallud manzilini qat’iy Shosh—Toshkent deb belgilash
mushkil ekanligini asosli dalillar vositasida izohlaydi hamda Lutfiyning
tug‘ilgan vatani haqida hozircha ikki mulohaza mavjud, bulaming biri—
Hirot, ikkinchisi—Shosh-Toshkent ekanligini qayd etadi (O'sha kitob,
14-17- betlar).
Mavlono Lutfiy madrasada tahsil olgan. U o'sha davr madrasai
oliyalarida o'qitiladigan rasmiy-zohiriy fanlami o'rganish jarayonida,
shubhasiz, arab va fors tillarini ham o'zlashtirgan va zullisonayn shoir
sifatida turkiy hamda forsiy tillarda ijod qilgan. Lutfiy, ayniqsa, turkiy
Do'stlaringiz bilan baham: |