deydi. Biroq oshiq hijron azoblariga duchor b o‘lsa ham, ishqdan
chekinmaydi, sabr-matonat bilan har qanday qiyinchiliklaiga qarshi
kurashga shaylanadi. Farhod Shirinning ishqida «Ko‘hkan» b o‘lsa,
Sakkokiyning qahramoni «jonkan» bo‘lishga ahd qiladi:
Agar Shirin uchun Farhod ishqi ko‘hkan bo‘lsa,
Ne tong Sakkokiy ham, jono yo‘lungda jonkan bo‘ldi
(257-b.).
Shoiming tasvirida yor-go‘zal, latofatli va dilrabo. Uning husn-jamoli
oy va quyoshdan, chamanzor gullaridan ham ziyoda. yom ing qomatiga
na sarv va na sanobar, uning og‘ziga na pista va na g ‘uncha, labiga na la’l
va na yoqut, ko'ziga na ohu va na nargis, zulfiga na sunbul va na rayhon
tenglasha oladi. Shu bilan birga, yor oshiqqa hayot va umid, shodlik va
Do'stlaringiz bilan baham: |