otishi va qolgan sakkiz og'a maydonga chiqishga jur’at etolmaganliklarida
folklom ing ta’siri kuchli ekanligi sezilib turadi.
«Yusuf va Zulayho» dostonining qurilishi, voqealar rivoji murakkab
bo‘lgan asardir. Unda juda ko‘p voqealar va obrazlar mavjud bo‘lib,
ular asosan Yusuf sarguzashtlari atrofida birlashgan hamda dostondagi
asosiy qahramonlaming qator fazilatlarini ochishga xizmat qilgan.
Aruzning sari’ bahrida (muftailun, mufiailun, foilun) bitilgan bu asar
ravon uslubda yozilganligi hamda badiiy tasviriy vositalaiga boyligi,
shuningdek, o ‘zbek m um toz adabiyotidagi badiiy jihatdan ancha
mukammal ijod etilgan dostonlardan biri ekanligi bilan ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |