o‘z oldida vazifa qilib qo‘ygan emas. U she’riy janr, san’atlar va aruz haqida
nazariy mulohazalami bayon qilarkan, o‘z nazariy mulohazalarini
tasdiqlash maqsadida turli zamonlarda yashagan turkiygo'y hamda
forsiyzabon shoirlar she’rlaridan misollar tanlaydi. Ana shu tariqa «Funun
ul-balog‘a» she’riy guldasta-tazkirani eslatadi. Shuningdek, Davlatshoh
Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro» va Alisher Navoiyning «Majolis
un-nafois» hamda «Nasoyim ul-muhabbat» asarlari bu davrda yaratilgan
tazkiralarning eng mumtozlari sanaladi. Abdurahmon Jomiyning
«Bahoriston» asari ham tazkirachilik taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega.
Mazkur asaming yettinchi ravzasi (bobi) tazkira tarzida yozilgan bo‘lib,
unda qirq shoir-u adiblar haqidagi ma’lumotlar jamg'arilgan. Bu
Do'stlaringiz bilan baham: |