Unda halimlik ulug‘lanadi, saxovat, shafqat, ta’madan yiroq turish,
muhtojlar g'amiga sherik bo'lish kabi yuksak insoniy fazilatlarga da’vat
etiladi. Shoir ruboiylarida nafs insonning eng katta dushmani sifatida
talqin qilinadi. Inson nafsdek qattol dushmanidan doimo g‘olib kelishga
harakat qilmog‘i lozim, deydi shoir ruboiylaridan birida.
Oh tortgan chog‘ingda yo‘lga ko‘z tikkil, *
Yoida quduq bordir ehtiyoting qil.
Do‘st uyida mahram boigan chog‘ingda,
Qo‘lingni, ko‘zingni, dilni tiya bil.
Pahlavon Mahmud mazkur ruboiyda nihoyatda muhim mavzudan
bahs etadi. «Oh tortgan chog‘» deganda shoir kishi boshiga tushgan
kulfatlami nazarda tutadi. Shunday chog‘da inson, tabiiyki, yo‘lga ko‘z
tikib, yaqin kishilaridan shu holatdan chiqib ketishi uchun qandaydir
Do'stlaringiz bilan baham: |