ta’limotining g‘oyalari o'zining teran ifodasini topadi. Bir so‘z bilan
aytganda mazkur mavzularda ijod qilish bu davrda ancha taraqqiy etdi.
Nosiriddin Burhoniddin Rabg‘uziyning payg‘ambarlar tarixiga
bag‘ishlangan «Qisasi Rabg‘uziy» asari ilk yirik hajmli turkiy nasr
namunasi sanaladi. Hozircha ma’lum adabiy dalillarga ko‘ra dastlabki
turkiy g‘azal ham mana shu asar tarkibida uchraydi. Bulardan tashqari,
A li degan shoir tomonidan 1223 yilda o‘g‘uz lahjasida «Qisasi Yusuf»
dostoni yaratilganki, bu ham qur’oniy mavzularga murojaat va doston
janri taraqqiyotini belgilaydi.
4.2. Nosiruddin Rabg‘uziy va uning «Qisasi Rabg'uziy» asari
Yuksak iste’dod sohibi bo‘lgan taniqli adib, iste’dodli shoir
N osuriddin Rabg‘uziy o'zbek mumtoz adabiyotining ulkan
Do'stlaringiz bilan baham: |