X III A SR VA X IV A SR B O SH LA R ID A G I 0 ‘Z B E K A D A B IYO TI
4 .1. X III asr va X IV asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy va
adabiy hayot
X III asming ilk choragida Chingizxon boshchiligida mo‘g‘ul
qo'shinlari tomonidan 0 ‘rta Osiyoning istilo qilinishi o‘lka xalqlarining
ijtimoiy-iqtisodiy va adabiy-madaniy taraqqiyotiga berilgan yirik zarba
sifatida tarix sahifalaridan o‘rin oldi. X II asming ikkinchi yarmida vujudga
kelgan Xorazm davlati X III asr boshlarida, Muhammad Xorazmshoh
(1200-1220) hukmronligi davrida tobora inqirozga yuz tuta boshladi. Bu
davrda mamlakatda o‘zaro ixtiloflar ancha kuchaydi. Ko‘pgina viloyatlar
Muhammad Xorazmshoh hukumatiga rasmangina qaram edi. Natijada
X III asr boshlariga kelib, Xorazm davlatining siyosiy va harbiy salohiyati
Do'stlaringiz bilan baham: |