esa inson uchun ziynat emas. Ilohiy ne’mat bo‘lgan so'zni har bir
inson qadrlamog‘i kerak. «Qutadg‘u bilig»da yaxshi xislat va fazilatlami
ezgulik, salbiy illatlami esa esizlik (yomonlik) deb atagan muallif jamiyat
taraqqiyoti uchun komil inson, barkamol shaxs nihoyatda muhimligini
teran idrok etadi. Shu bois shoir o‘z asarida uylanish, bola tarbiyasi kabi
mavzulaiga ham jiddiy e’tiborini qaratadi. Asarda keltirilgan 0 ‘gdulmish
bilan 0 ‘zg‘urmish orasidagi munozara buning yorqin dalilidir.
0 ‘gdulmishning aqidasicha, dunyodan toq o‘tish insonni bezamaydi.
Jismoniy sogiom inson (erkak va ayol) turmush qurib, farzand ko'rishi
shart. Zero, bu o‘z navbatida islomiy shariatning ham qat’iy talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |