Kuntug‘di elikning davlatning tuzilishi, hukmron tabaqa vakillari: bek,
vazirlaming xulq-atvori, ulaming raiyat bilan munosabatlariga doir
savol-javoblarida muallifhing o‘shanday g‘oyaviy niyati ravshan namoyon
bo'ladi. Shuningdek, Yusuf Xos Hojib turli-tuman kasb-hunar, amal-
martaba egalarining fazilatlari haqida o ‘zining qimmatli flkr-
mulohazalarini badiiy ifodalashga erishadi. Bunday lavhalar orqali shoir
davlatni adolat va aql bilan boshqarish lozim, degan xulosaga keladi.
Yusuf Xos Hojibning bunday olijanob qarashlari nafaqat mutafakkir
yashagan zamon uchun muhim, balki bugun uchun ham ulug‘ ahamiyat
kasb etuvchi, mangulikka daxldor durdona fikrlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |