«Badoye’ ul-vaqoe’» kabi asarlari shular jumlasidandir. Tarjima adabiyoti
xalqlar o'rtasidagi o'zaro madaniy—adabiy aloqa va do‘stlik rishtalarini
mustahkamlashga, shuningdek, o‘zbek xalqining jahon xalqlari adabiyoti
www.ziyouz.com kutubxonasi
bilan yaqindan tanishishiga xizmat qilib keldi. 0 ‘zbek tiliga tarjima qilingan
asarlar muayyan tarixiy sharoitning ma’naviy ehtiyoji, talabi bo'lib,
ular o‘zbek yozma adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi tajribalarining yanada
boyishi, teran ma’no va quyuq ranglar bilan to'lishishiga ijobiy turtki
bo‘ldi. 0 ‘tmish adabiyotida qo‘llangan taijima istilohiga mazkur atamaning
bugungi talqinlari nuqtai nazaridan munosabatda bo'lmoq pand berishi,
bir yoqlama xulosalarga olib kelishi mumkin. Chunki mumtoz mutaijimlar
Do'stlaringiz bilan baham: |