(Samarqand qamali, 92-b.).
Umuman olganda, «Shayboniynoma» o'zining sodda va ravon uslubda
yozilganligi, o'ziga xos badiiyati bilan X V I asr o'zbek mumtoz adabiyotida
yaratilgan adabiy asarlardan ajralib turadi. U o'z davri o'zbek adabiy tilining
muhim yodgorligi bo'lishi bilan ham ahamiyatlidir. Asar ijodkori
dunyoqarashining murakkabligi, tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar tasvirida
tarafkashlik, biryoqlamalik unsurlarining ko'pligidan qat’iy nazar, uning
juda ko'plab lavhalari tarixiy haqiqatni tiklashga imkon yaratadi. Dostonning
ayni jihatlari uning adabiy-tarixiy qimmatini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, «Shayboniynom a» - tarixiy-jangnom aning mumtoz
adabiyotimizdagi ilk namunasi bo'lishi bilan ham katta ma’naviy-badiiy
Do'stlaringiz bilan baham: |