G‘.Abdurahmonov, N.Rahmonovlar o‘rganishgan. A.P.Qayumovning
“Qadimiyat obidalari”, G‘.Abdurahmonov, A.Rustamovlarning
“Qadimgi turkiy til” nomli kitoblari tarkibida ushbu yodgorliklardan
namunalar o'zbek tiliga o‘girilib, nashr etilgan.
0 ‘rxun-Enasoy obidalarining aksariyat qismini qabr toshlaridagi
bitiklar tashkil etadi. Bulardan Bilga xoqon va uning ukasi Kulteginning
qabr toshlaridagi she’riy parchalar muhim adabiy ahamiyat kasb etadi.
Kultegin bitiktoshi Eltarish xoqonning o‘g‘li sharafiga o‘matilgan bo‘lib,
uning muallifi yo‘llug‘tegindir. Unda Kulteginning qahramonliklari,
uning vatan, ona-yurt oldidagi buyuk xizmatlari sharaflanadi. Kultegin
bitiktoshining akasi Bilga xoqon tilidan yozilganligi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |