tarafidan ezgulikka zid o‘laroq vujudga keltirilgan. Bu ikki kuch o‘rtasidagi
kurash ham uzoq tarixga ega. U to‘qqiz* yuz yil davom etadi. Shundan
so‘ng, Ahura Mazda g‘olib kelishi kerak. Angra Manyu esa qorong‘ulikka
haydaladi. Ikkinchi uch ming yillikda Ahura Mazda moddiy borliqni barpo
etadi. Osmon, yer, suv, o‘simliklar, hayvonot dunyosi yuzaga keladi.
Nihoyat odam yaratiladi. Ana shu jarayonda Angra Manyu yovuz devlami
— o‘z yordamchilarini tayyorlaydi.
Uchinchi ming yillikda Angra Manyu o‘z devlari bilan Ahura Mazda
yaratgan dunyoga huruj qilib kirib keladi. U Aji (ilon) bilan birinchi
inson - Gayumart (Kayumars)ni va uning doimiy hamrohi buqani o‘ldiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |