ishongan Afrosiyob Siyovushni o‘ldiradi. Siyovushning o‘g‘li Kayxusrav
bobosi Afrosiyobdan ota o‘chini olib, uni o‘ldiradi. Rivoyatlaiga ko'ra,
Kayxusrav Xorazmiy shohlar sulolasiga asos solgan emish...
Tarixchi Narshaxiyning ma’lumot berishicha, Siyovush Buxoroda
juda katta shuhrat qozongan. Uning jasadi shu yerda dafn etilgan. X asrda
ham Buxoro aholisi Navro‘zda Siyovushning qabriga chiqib, qurbonlikka
xo‘rozlar so'yib, uning sharafiga qo‘shiqlar aytishar ekan. Bu qo'shiqlar
xalq o'rtasida «mug‘lar yig‘isi» yoki «Siyovush qasosi» deb yuritilgan.
Turli manbalar asosida bizgacha yetib kelgan og‘zaki badiiy
yodgorliklar Turon xalqlarining juda boy folklori haqida ma’lumot beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |