Kitobxon ko‘z o‘ngida dahshatli bir manzara emas, aksincha, sokin
ruhiyat hukmron bo'lgan ishq vodiysida sevishganlar dardlashadilar.
Oshiq — ma’shuqlar bir-birlarining vasliga etishganidan butun borliq
xushnud tin olmoqda: hayvonlar, o‘simliklar—barcha-barcha mavjudot
sukut saqlaydi. Pok muhabbat sohiblari ruhan birlashadilar. Ikkilik o'rnini
birlikka—tavhidga bo'shatib beradi:
M ajnun sog'inib o'zini Layli,
Aylar edi noz-u ishva mayli.
Layli o'zini sog'indi Majnun,
Shukr ettiki, yori erdi maqrun.
U l bu bo‘ldi-yu lek bu ul,
Topmadi aroda ikkilik yo‘1.
H ar ishki o‘tub haloklikdin,
Ayru emas erdi poklikdin.
Ishq ahli bu nav’ o‘lsalar pok,
Do'stlaringiz bilan baham: |