chiqishning xolisona va tinch yo'llarini izlaydi. Dostonga kiritilgan tush
manzarasi tasviri ana o'sha ijodiy izlanishlaming samarasidir.
Asardagi tasviiga ko'ra, Majnun tushida Laylini ko'radi. Layli o'z
sevgilisiga xabar beradi: «Agar Navfal qabilamiz (Hay qabilasi) ustiga
qo'shin tortsa, otam meni o'ldirmoqchi». Bu shum xabar Majnunga
yashinday ta’sir qiladi va u Navfal huzuriga boradi. Majnunning iltijolari
tufayli sarkarda jang qilish fikridan qaytadi. Lekin u Majnun bilan mutlaqo
xayrlashib ham ketmaydi. Sarkarda Navfal jo'mardlarcha yo'l tanlaydi.
O'zining bo'yga yetgan qizini Majnunga nikoh qilib bermoqchi bo'ladi.
Shunday qilib, bir kechada bir yoqda Layli va Ibn Salomning, ikkinchi
tarafda esa Navfalning qizi va Majnunning nikoh to'ylari bo'lib o'tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |