cho'zuvchi insonlaming bo'lishi shak-shubhadan xolidir. Fikrim izcha,
o'shanday zaminda «ahli dard» iborasi tug'ilgan. Navfal ana shunday
ahli dardlardan biri edi. U tasodif bilan sahroda jonivorlar bilan sirlashib,
qalbiga taskin berib yuigan Majnun bilan uchrashib qoladi. Navfal —
o'z ma’naviy olamiga ega sarkarda. U faqat nayzabozlik qilish, qilich
chopishni emas, insonlar qalbiga quloq tutishni ham biladi. Qaysning
tashqi ko'rinishi uni hayratga soladi. Biroq u bilan muloqot jarayonida
Navfal uchun juda ko'p sohalarga oydinlik kiritiladi. Sarkardaning Qaysga
doir tasaw uri ijobiy tomonga o'zgaradi. Ayniqsa, Qaysdagi boy
m a’naviy-m a’rifiy olam Navfalni hayratga soladi va unda shunday
dardmand (ishq dardiga giriftor), bama’ni yigitga madad berish istagi
Do'stlaringiz bilan baham: |