maqsad yo'lida birday xizmat qiladi. Shopur tabiatida Axiy («Sab’ai
sayyor»dagi birinchi hikoyat qahramoni)ga xos fazilatlar namoyon
bo'ladi. «Layli va Majnun»da Navfal shunday qiyofada ko'zga tashlanadi.
A w alo , mushohada qilib ko'raylik, Shopur, N avfal, Axiylam ing
voqealar to'qimasiga olib kirilishi hayot haqiqatiga rost keladimi? Ular
sun’iy ravishda o'ylab topilgan to'qima timsollar emasmi? Dadil javob
berish mumkinki, ushbu qahramonlar o'zlari mansub asarlarda faoliyat
ko'rsatmasa, o'sha dostonlarda norasolik, kemtiklik yuz berardi va o'sha
badiiy yaratmalaming adabiy-m a’rifiy qadri bu qadar yuksakda bo'lmas
edi. Xalqiyatda «ahli dard» degan ibora mavjud. Uning paydo bo'lishi esa
tasodifiy emas. Dard bor joyda uni his etuvchi, himmat qo'lini
Do'stlaringiz bilan baham: |