Nosir Xusrav esa o'zining «Safarnoma» asarida Arabistonda unga Layli
hamda Majnun nomi bilan bog'liq joylaming xarobalarini ko'rsatishgani
haqida ma’lumot beradi. Ko'rinadiki, Majnunning tarixiy shaxsligi
qanchalik bahsli bo'lsa, uning to'qimaligi va unga nisbat berilgan
she’rlaming muallifi masalasi ham shunchalik munozaralidir. Shunday
qilib, mavzu tarixiga oid aksariyat ilm iy tadqiqotlarda qayd etilishicha,
dastlab Majnunga nisbat berilgan mungli she’rlar zamirida V III asrda
arab adabiyotida uning sevgisiga oid rivoyatlar paydo bo'la boshlagan.
IX asrdan boshlab esa bunday to'qima voqealar miqdor jihatidan ancha
ko'payib keng xalq ommasi orasida shuhrat qozongan, uning yangi-
yangi tahrirlari paydo bo'lgan. X asrga kelib Majnun nomi, unga nisbat
Do'stlaringiz bilan baham: |