orqali haqsevarlik, insonsevarlik g‘oyalari ilgari suriladi. Shuningdek,
ular vositasida inson olamning gultoji ekan, uning tafakkur doirasi
kengligi, ma’rifati, hamida axloq-u najib fazilatlari bilan o‘zini kom illik
rutbasida ko'rishga qodirligiga ishora etiladi. Doston so'ngidan Shoh G'arib
Mirzoga nasihatlaming o‘rin olishi zamirida esa ulug‘ shoiming adolatli
jamiyat qurish orzusi o‘z ifodasini topgan.
9.4. «Layli va Majnun» — ishqiy, fojiaviy doston. Asaming tuzilishi,
yetakchi obrazlari va badiiyati
Alisher Navoiy «Xamsa»sining uchinchi dostoni musulmon mintaqa
xalqlari adabiyotida keng shuhrat qozongan Layli va Majnunning dardchil
ishqiy saiguzashtlariga bag'ishlangan. Bu sayyor mavzu nihoyatda qadimiy
bo‘lib, manbalarda e’tirof etilishicha, uning badiiy talqini namunalari
Do'stlaringiz bilan baham: |