ma’danlami (hatto tuproqni) oltinga aylantirish mumkin ekan...
Kimyo—ajoyib, noyob, nodir narsa. Har qanday ortiqchaliklardan
arigan, pokiza sohadir. Farhod lafzida ana shu ma’noda istifoda etilgan ishq
pok ruhiy-ma’naviy tuyg'u. Xazina esa bu sharafdan benasibdir. Bunday
qochirim o'z mantiqiy zaminiga ham ega. Negaki, biror-bir ma’dan tabiatda
kimyoviy nuqtai nazardan sof holida emas, balki qotishma, qorishiq taizida
uchraydi. Ulug' shoir shu qonuniyatni nazarda tutadi va ishq kimyosini
xazina bilan bir safga qo'yish uchun rozilik bermaydi. Ilmiy-adabiy asarlarda
«kimyoyi vujud» atamasi ham uchraydi. Mazkur ibora vujudni poklovchi,
vujudni saralovchi iksir ma’nolarida keladi. Odam vujudi uchun iksir
vazifasini komillik maqomiga ko'tarilgan ulug' zot — pir, shayxning nazari
Do'stlaringiz bilan baham: |