bashorat qiladi. Mulkoro keksayganida kasalliklardan forig' qiluvchi tosh
yordamida shoh uni ham yashartirishini bayon qiladi. Suqrot yana shoh
va uning vaziri taqdirida to'rt unsuming ikkitasi: yer va suvdan xatar
bo'lishi, Alloh xoxishi bilan bu xatarlar bartaraf qilinsa, ular besh
yuz yil umr ko‘rishlarini ta’kidlaydi.
Xoqon va Mulkoro Suqrot oldidan chiqib ketganlaridan so‘ng,
donishmand Farhodni yoniga chorlaydi. C h in shahzodasining kelishini
u intizorlik bilan kutganini so'zlab, murodi hosil bo'lgani uchun Allohga
shukronalar qiladi. Vaqt qisqaligi uchun tezda maqsadga o'tib, Farhodga
abadiylik haqidagi mulohazalarini bildiradi. U shahzodaga dunyoning
foniyUgi, umrning o'tkinchiligi, Iskandar m ulki-yu N uh hayoti nasib
Do'stlaringiz bilan baham: |