paykar» odam lar- robotlar maskaniga duch keladi. Sher — g'azab,
temir paykarlar esa—dunyo mo'jizalari ramzi. Farhod Axriman devdan
tortib olgani saltanat timsoli—Sulaymon xotami bilan shemi daf etadi.
Tem ir paykar bilan jangda Xizrdan olgan tasbihiga tayanib g'olib chiqadi
va qorong'u g'om i jom i Jamshid — ko'ngli shu’lasi bilan yoritib Suqrot
huzuriga yetadi.
Alisher Navoiy Suqrotni nihoyatda ehtiros bilan ta’riflaydi. Shoir
nazdida u burjlar orasidagi quyosh bo'lib, olam allomalari uning oldida
shogirddirlar. Tog' o'midan tebranmaganidek, u dunyoviy ne’matlardan
tog'dek etak uzgan donishmanddir. Uning ko'ngli shu qadar kengki,
unda olamning aw alidan oxirigacha bo'lgan davr zuhurlangan. Y u zi -
ilohiy nur ko'zgusi, o'zi g'aybiy sirlami mukammal anglagan zotdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |