kiyim li Surush (Jabroil alayhis-salom) yanglig' bir nuroniy cholga
ko'zi tushadi. Bunday kutilmagan manzaradan Farhodning ruhiy holatida
o'zgarish paydo bo'ladi. G'aybdan yetgan ulug' pir shahzodaga lutf-u
shafqatini namoyon etib, unga «farzand»,-deya murojaat qiladi. Nuroniy
mo'ysafid shahzodaning tanlagan yo'li uning baxti ekanligini va bu
yo'lda unga baxtiyor bo'lishlikni tilarkan, o'zining Xizr ekanligini aytadi.
X izr Farhodga hamisha madadkor bo'lishini bildiradi. Ko'rinadiki,
Farhod ishq sirlaridan voqif bo'la boshlagani bois g'aybdan kelgan
madad timsoli X izr payg'ambar maslahati bilan jomga qaraydi, unda
Suqrot maskan tutgan tog' va qorong'u g'om i ko'radi. Farhod bu ulug'
zot oldiga borish uchun eng mudhish manzil hisoblangan sher va «temir
Do'stlaringiz bilan baham: |