Manga shahlikda qulluq ham qil emdi,
Atoliq ham, o'g'ulluq ham qil emdi (8, 114).
Farhod qalbini xufton qilgan g‘am -anduh bulutlarini quyosh
yanglig' kuydiruvchi cho'g', uni oyinafom etib, shahzoda ko'ngliga
ma’shuqi Mutlaq jam olini jilvalantiruvchi o't dunyo zeb-u ziynatlari-
yu amal martabasi bo'lmay, balki azal kotiblari uning peshonasiga
bitgan ishq edi. Shu bois u juda ko'p hayotiy dalillar keltirib Xoqon
taklifini rad etadi. Biroq Chin hukmdori qarorida sobit tuigani uchun
yosh shahzoda otasining ko'ngil istaklariga qarshilik ko'rsatishga
botinolmaydi. Vaziyat undan bir oz chekinishni talab etmoqda edi.
Vujudga kelgan siyosiy holatni to'g'ri baholay olgan Farhod taklif etilgan
ishining ulug'ligi-yu o'zining hali yosh va tajribasizligini, shu choqqacha
Do'stlaringiz bilan baham: |