U saroy ahlini chaqirib ulkan yig‘in o'tkazadi. Farhodga taxti oldidan
joy berib dilidagilam i tiliga keltira boshlaydi. Shoh Alloh beigan toj-u
taxtdan minnatdorligini, buning ustiga Tangri unga Farhoddek solih
farzand in ’om etganidan mamnunligini bayon etadi. Keyinchalik
muddaoga o‘tib, yagona tilagi o'zining farzandi aijum andini taxt uzra
ko'rish ekanligini Farhodga quyidagicha ma’lum qiladi:
K i, o*lmasdin burun ochib ko'zumni,
Sarir uzra yigit ko'rsam o'zumni.
K i, ya’ni toj-u taxt-u saltanat ham,
Sipoh-u mulk-u mol-u mamlakat ham.
Bori bo'lsa sening biria muzayyan,
Seni o'z o'muma qilsam muayyan.
Sanga tutsam musallam podsholiq,
Xaloyiq ustida kishvarxudoliq.
Do'stlaringiz bilan baham: |