ham Farhod qalbidagi tushkun kayfiyatni dunyo go'zalliklari bilan
forig' etish yo'lidagi bir urinish bo'ldi. Chin hukmdori faizandi ko'nglini
g'ashlik g'uboridan ozod qilish maqsadida bir yil davomida to'rt qasrda
bazm uyushtirdi. Biroq bunday tadbirlar bilan shahzoda holida hech
qanday o'zgarish paydo bo'lmadi. Xoqon dilbandining ruhiyatidagi
o'sha tushkun kayfiyatni siquv ostiga olish orzusi bilan yashar, ammo
o'zining barcha sa’y-harakatlari besamar ketishidan ajablanardi. U
mamlakat taxtini shahzodaga topshirish vaqti keldi, deb o'ylaydi. Xoqon
Farhodning bu ishga har jihatdan mos ekanligini yurak-yurakdan his
etardi. T o j-u taxt o'g'lini anduhlar girdobidan xalos etishiga ishonardi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |