san’atlariga «Farhod va Shirin»da ayricha uig‘u beriladi. Shundan bo'lsa
kerak, asarda vazifasiz, muallaq turuvchi lavhani topib bo'lmaydi. Ana
shu ma’noda m uallif Farhodning kasb o'rganishini asoslash barobarida
uni hunarli, iymon — e’tiqodi but, Alisher Navoiyning o'z so'zlari
bilan aytganda «Demonkim ko'ngli pok-u ham o 'zi pok, tili pok-u
so'zi pok-u o'zi рок» naqshbandiya soliki maqomiga ko'tarib qo'yadi.
Alisher Navoiy talqinicha, Farhod o'n to'rt yoshida balog'atga yetdi,
uning qalbida ishq o'ti paydo bo'ldi. Aslida Farhod qismatida ishqdan
dardnoklik и dunyoga kelgan kundan mavjud edi. Biroq shahzoda va
uning atrofidagilar bu hazinlikning sababini idrok etolmasdi. Xoqon
buyrug'i bilan qurdirilgan yilning to'rt fasliga mos hashamatli qasrlar
Do'stlaringiz bilan baham: |