(yozilmasligi) uchun nom so'zning arab alifbosidagi imlosida uning
ko'rilmasligi lutf san’ati orqali shama’ qilinadi.
Alisher Navoiy Farhodning ma’naviy-jismoniy kamolotini uning
bolalik yillaridan boshlaydi:
Uchunchi oy ravon bo'ldi savodi,
Burung'i yilda Qur’on bo'ldi yodi.
Agar bir qatla ko'rdi har sabaqni,
Yana ochmoq yo'q erdi ul varaqni...
O'qub o'tmak, uqub o'tmak shiori,
Qolib yodida safha-safha bori (8, 70).
Farhodning hunarga bo'lgan ishtiyoqi yilning to'rt fasliga moslab
uning uchun bunyod etilayotgan hashamdor qasrlar qurilishi jarayonida
yanada yorqinroq ko'zga tashlanadi. Shu o'rinda Alisher Navoiyning
naqshbandiya tariqatining sidqiy muridi ekanligini yana bir karra his
Do'stlaringiz bilan baham: |