emas. U «tarakkub» (bir necha moddaning birikishidan hosU qilish) talaboti
asosida yuzaga kelgan sirli nomdir. Chinakam ishq yo'lini tanlab olgan va uni
yuksak ilohiy ne’mat maqomida qabul qilgan oshiq hech qachon arzongina
visol nashidasi payida bo'lmaydi. «Otadan o'g'il»-deganlariday Odam Atoning
zurriyodi bo'lgani uchun ham Farhod pokiza ishqning kuyish, kuydirish
orqali poklanishga olib boruvchi tanti yo'liga munosib ko'rildi. Bunday sharafni
uning nasibasiga «Ustodi ishq»-Alloh munosib ko'rgani uchun ham «firoq»,
«rashk», «dard», «oh», «hajr» so'zlari birinchi harflarini tarakkub etishni
loyiq topdi. Aksariyat hollarda arab yozuvida «а» harfi ifodasini topmay qoladi.
Shu qoidaga asosan Farhoddan ikkinchi harf «fard» bo'lgani, ajralib chiqqani
Do'stlaringiz bilan baham: |