Tabiiyki, bu o'lmas g'oya «Xamsa»ning boshqa masnaviylaridagi Farhod
va Shirin, Layli va Majnun, Bahrom va Dilorom kabi pok sevgi sohiblari
sarguzashtlari tasvirida yanada sayqallashdi, mukammallik kasb etadi.
«Hayrat ul-abror» ulug' shoiming insoni komil xususidagi falsafiy
mushohadalari mahsuli sifatida vujudga kelgan asar bo'lib, uning o'ziga
xos qurulmasi «Xamsa»dagi keyingi dostonlarga nur baxshida etib turgan
quyoshni eslatadi. Dostonda haq, olam, odam munosabatlari, iymon—
e’tiqod, bashariyat taraqqiyoti, uning o'tmishi, buguni, kelajagi singari
inson aqlining asrlar davomida fikrlashga undovchi muammolari xususida
ulug' shoiming mutafakkirona qarashlariga badiiy zeb berilishi, asaming
Do'stlaringiz bilan baham: |