zuhurining nafsoniy belgilar zulmatiga qarshi qo'yilishi, (shu zulmatni)
yorib o‘tishdan iboratdir» (Husayn Voiz Koshifiy. Futuwatnomai sultoniy
yoxud javonmardlik tariqati. Toshkent, 1994, 7-bet). Futuwat kishidagi
hamida va najib axloqni targ‘ib qilar ekan, tabiiyki, shar’iy nikohsiz
yaqinlashishni man’ etadi. Anushirvon shu bois ko'zlariga yosh olib niyatidan
qaytadi. Undagi yangi niyat, odob va hayo jumla olamaro adolatli shoh
bo'lishiga sabab bo'ladi. Ulug' shoir esa aysh qanchalik dilkash bo'lmasin,
odob bilan hayo xush ekanini uqtiradi. Bu ulug' falsafa insonni ezgu amallar
sari chorlashi, jaholat va tubanlik botqoqlaridan asrashi, jamiyatni
axloqsizliklardan forig' etishi bilan nihoyatda yuksak ahamiyatga molikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |