farzandi Ilyos Yusuf o'g'li Nizomiy Ganjaviy (1141-1205) «Panj ganj»
(«Besh bebaho xazina») asarining yaratilishi musulmon olami badiiy
so'z san’ati tarixida inqilobiy hodisa, mo'jizaviy voqea bo‘ldi. Forsiyda
dunyo yuzini ko'rgan bu besh ma’naviy xazina qalam sohiblari qalbini
junbushga soldi, ular uchun chinakam ijodiy bahs va mahorat darajasini
belgilashning sinashta tamal toshiga aylandi. Shunday qilib, Nizomiy
Ganjaviyning mo'jizakor qalami tuhfa etgan «Panj ganj» Sharq xalqlari
adabiyoti tarixidan xamsachilik an’anasiga asos bo'lgan asar sifatida o'rin
oldi. Xamsa ijod etish besh doston yozish bo'libgina qolmay, bu adabiy
janrga xos bo'lgan me’yorlar bevosita «Panj ganj»ning xususiyatlaridan
Do'stlaringiz bilan baham: |