taalluqli desak, xato bo'lmas. Bu va shunga o'xshash qator fazilatlariga
ko'ra «Devoni Foniy» Alisher Navoiy adabiy merosining eng qadrli
manbalaridan biridir.
M avzuni
mustahkamlash uchun savollar
1. Alisher Navoiy she’riy merosining asosini qaysi manbalar tashkil
etadi?
2. Ulug' shoir devonlari, ulaming tartib berilishi tarixi, janriy tarkibi
haqida so'zlang.
3. Alisher Navoiy she’riyatidagi mujoziy va ilohiy ishq mohiyatini
nima tashkil etadi? «Majozdin manga maqsud erur haqiqiy ishq»
misrasini izohlang.
4. Ulug' shoir g'azaliyotidagi yetakchi uslubiy jilolar haqida nimalami
bilasiz?
5. Alisher Navoiy g'azalnavislikda kimlami o'ziga ustoz deb bilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |