falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy ilohiy-irfoniy qarashlari ifoda
etiladi. Sharq mumtoz adabiyotida qit’a alohida janr sifatida amal qiladi
va axloqiy-ta’limiy, falsafiy-ma’rifiy qarashlar ifoda etilgan nasriy badiiy,
tarixiy-memuar, pandnoma asarlar, shuningdek, devonlarning
debochalari tarkibida ham uchraydi. Odatda, ijodkorlar bunday asarlarda
ma’lum bir masala yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalarini yakunlash,
umumlashma-xulosalarini bayon etish maqsadida qit’adan
foydalanishgan. Qit’aning bunday xususiyati «qissadan hissa» chiqarish
vazifasini bajarishga safarbar etilgan.
Alisher Navoiyning sohir qalami qit’aning o'zbek mumtoz
she’riyatidagi yetakchi janrlaridan biriga aylanishini ta’minladi. Bu ulug'
Do'stlaringiz bilan baham: |