maqbaralar, xilma-xil istehkomlaming xarobalari aniqlandi. Xorazm
vohasidagi Tuproqqal’a, Ko'zali qiz, Qo'yqirilgan qal’a, Yonbosh
qal’a, Farg'ona vodiysidagi Chust, Dalvarzin, Buxoro yaqinidagi Qizil
qir, Varaxsha, Vardonze, Toshkent yaqinidagi Oqtepa va boshqa shahar
hamda qo‘rg‘onlaming qoldiqlaridan topilgan madaniy qatlamga doir
ashyoviy dalillar qadimgi Turonning o ‘ziga xos arxitekturasi, tasviriy
san’ati, m a’naviy olami haqida muhim m a’lumotlar beradi. Yurtimizda
rassomchilik, naqqoshlik, haykaltaroshlik, musiqa va boshqa san’at turlari
qadimdan rivojlangan. Yozma manbalar va keyingi yillarda qadimshunos
olimlar izlab topgan yodgorliklar shunday xulosaga kelish asosini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |