Nukta sururida ravo bo‘Imag‘ay,
Buki Navoiyga navo bo‘lraag‘ay.
(Alisher Navoiy. Xamsa. Toshkent, 1960, 32-bet)
K o ‘rin a d ik i, A lish er N avoiy so‘z m ulkining m a’ruf
dostonsarolaridan ma’naviy madad so'raydi, ular ruhi va asarlarining
ma’naviy-ma’rifiy xayrixohligiga katta umid bog‘laydi. 0 ‘zbek, tojik,
ozarbayjon, hind shoirlari ijodida qur’oniy-irfoniy g'oyalar hamda xalq
og‘zaki ijodi ta’siri tobora teranlashib boradi. Markaziy Osiyo xalqlari
yozma adabiyotida sayyor mavzularga murojaat etish ham o‘zaro adabiy
aloqalaming bir ko'rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu hodisa davr
ijodkorlari tomonidan yaratilgan asarlarda o‘z ifodasini topishi bilan
bir qatorda, keyingi davr shoirlari ijodida yanada takomillashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |