Qarinchqa aydi: «Manisi ul bo‘lur. Sening ilkingdaki mulkning qamug‘i
yel turur. Ani minguncha ma’rifat markabini minsang, senga yaxshiroq
bo‘lur. Ko‘z yumub ochg‘uncha bir soatda Arshga tekkay erding». Qarang,
mitti maxluq qarinchqaning teran irfoniy javoblari har qanday
kitobxonni ham mulohazaga chorlaydi. Ikkinchidan, asardagi qarinchqa
obrazida orif kishi siymosi mujassamlashtirilgan. U hukmdor sifatida
barchani ma’rifatli bo'lishga da’vat etadi. Zero, ma’rifat kishini saodatga
www.ziyouz.com kutubxonasi
chorlaydi. Qissadagi «Sulaymon va Bilqis» hikoyatida esa payg‘ambaming
dono, tadbirkor, ma’rifatli hamda islom dini targ‘ibotchisi ekanligi
badiiy ifodasini topganligi bilan diqqatga molikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |