bo‘lur»,-deya qayd etadi. Ammo oy hamma ko‘rinishida ham birday
«ajun»ni «yaru»ta olmaydi. Buning uchun oyning «to‘lin bo‘l»mog‘i
talab etiladi. Quyoshda esa bunday o‘zgaruvchanlik yo‘q. Ana shularga
ko‘ra, Kuntug‘di adolatli hukmdor, Oytoidi dono vazir maqomida
go‘zal badiiy tasvirini topadi.
«Qutadg‘u bilig» dostoni ayrimlari sanalgan fazilatlariga ko‘ra,
mulkdorlar uchun nizomnoma, siyosatnoma maqomidagi asar bo'lishi
lozim edi. Shu bois dostonning aksariyat boblari qoraxoniylar davrining
nozik ijtimoiy-siyosiy masalalari badiiy talqiniga bag‘ishlangan.
Muallifning shunday mayli aql-idrok timsoli bo‘lgan 0 ‘g‘dulmish timsoli
misolida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Asaming faol obrazi 0 ‘gdulmish bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |