Shuningdek, adib o'z asarlarida xudbinlikni qattiq qoralaydi. «Sulaymon
va obi hayot» hikoyasi buning yorqin namunasidir:
Bir kishi Sulaymonga obi hayot keltiribdi. Sulaymon kishilami,
hayvonlami, qushlami yig'ib suvni ichish-ichmaslik haqida kengashibdi.
Kengashga faqat Butimor degan qush kelmagan ekan. Butimorni
chorlash uchun Sulaymon ot yuboribdi. Butimor kelibdi. Sulaymonning
taajjubiga Butimor: «Ot vafo dashtida o'tlog'on ermasdur va it vafo
dargohidin ketkon ermas», debdi. Obi hayot masalasida esa u agar bu
suv barcha yor-do'stlaringga, qarindoshlaringga yetsa, ichsang bo'ladi,
bo'lmasa befoyda. Chunki hamma o'lib ketaveradi, yolg'iz o'zing qolasan.
Do'stlaringiz bilan baham: |