14.2. Adibning hayoti va faoliyati
Podshohxoja 1480-yilda Xurosonning Niso viloyatida zamonasining
yetuk ziyolilaridan bo'lgan, turkiy va fors-tojik tillarida dilbar she’rlar
hamda nasr namunalarini ijod etgan Abdulvahobxoja binni Sulaymonxoja
oilasida dunyoga keladi. Manbalarda ma’lumot berilishicha, bu kishining
shajarasi turk m ashoyixlaridan Zangi otaga, undan esa Ahm ad
Yassaviyning ustozlari Arslonbobga borib taqalgan. Abdulvahobxoja
Bug‘raxonning qizi Anbar onaga uylangan va Niso viloyatida istiqomat
qilgan. Uning «Orif» taxallusi bilan ijod qilganligi ilohiy va irfoniy
ilmlardan yaxshi xabardor bo‘lganligidan dalolat beradi.
Oila muhiti Podshoxojani ilmga havasini juda erta uyg'otgan ko'rinadi.
M a’lumotlarga ko'ra, u dastlab otasi qo'lida, keyinchalik Niso va Marv
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |