Xojaning hayoti, ijodiy merosining o'rganilishi tarixidan ayon bo‘ladiki,
bu borada adabiyotshunosligim iz oldida yechim ini kutib turgan
muammolar hali juda ko‘p. Aw alo, adib asarlarini to‘la holda qayta
nashr etish davrimizning kechiktirib bo'lmaydigan vazifalaridandir.
Shuningdek, adibning ijodiy merosi yuqorida nomlari keltirilgan qator
maqolalar va M.Mirzaaxmedovaning risolasida ham adib hikoyalari
davr mafkurasi nuqtai nazaridan tahlil jarayoniga tortilganligini
unutmaslik lozim. Bulardan tashqari, ularda ilohiy-irfoniy mazmunda
bitilgan hikoyalami tahlil etishdan ochiq-oydin voz kechilganligi ko'zga
yaqqol tashlanadi. Aytilganlami inobatga olib, biz ham mavjud manbalar
asosida ijodkoming hayoti va ijodi haqida fikr yuritishga harakat qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |