e’tibor qilmagan, deya xulosa chiqarishga asos bo'lolmaydi. Dostondagi
qal’alar, Samarqand atrofidagi bog'-rog'lar tasvirida shoir tashbeh,
tashxis, talmeh, sifatlashlardan mahorat bilan foydalanadi. Dostonning
ayrim o‘rinlarida shoiming badiiy salohiyatini ko'z-ko'z etuvchi baytlar
mavjud bo'lsa-da, undagi mazmun, chin insoniylikka xos bo‘lmagan
g‘oyalar tasviri o'quvchining nafratiga sazovor bo'ladi. Jumladan,
Toshkent hokimi Sulton Mahmud Xonikaxon mag‘lub etilganda, uning
eng kichik qizi Shayboniyxonga tortiq etiladi. Muhammad Solih
dostonning mana shu lavhalarida o'sha norasida pok qizchaning
mubolag'aviy tasvirini keltiradi:
Dedilar: «Borchasidin zeboroq,
Husn ichra borchasidin ra’noroq.
Yosh bila dog‘i kichikroq boridin,
Do'stlaringiz bilan baham: |