o‘ta xasis odamlar. Chunonchi, ular yeiga tushib yotgan olmani qullariga
olishini ta’qiqlaydilar. Hatto, bir bemor o‘z ehtiyoji uchun bir anor
olishni xohlasa, unga qo‘pol muomalada bo‘ladilar. Oqibatda nafs ularga
hujum qiladi. Bog‘ egalari Tangrining bunday shirn ne’matlaridan
mahrum etiladi. K o ‘rinadiki, Muhammad Solih sodir bo'lgan tarixiy
voqealarga o ‘z m unosabatini bildirib, kitobxonni o‘z fikrlariga
ishontirishga harakat qiladi. Biroq shoiming olti oy davom etgan azob-
uqubatlar, qahraton qishda jon saqlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan
minglab muhtoj-u himoyasiz kishilaming halok bo‘lishini ehtiros bilan
tasvirlashi kitobxonni uning bunday fikrlariga alam va anduh bilan
munosabatda boiishga majbur qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |