barcha harflami aniqlab, yodgorlikdagi matnlarni to‘la o'qishga muvafFaq
bo‘ladi. Akademik V.V.Radlov esa V.Tomsen va o‘zining tajribalariga
tayanib yodgorlik matnini birinchi bo'lib rus tiliga taijima qiladi.
Toshdagi bitiklar «sir»ining aniqlanishi turkiy xalqlaming dunyodagi
o‘z xoqonligiga ega bo‘lgan qavmlardan ekanligini dalillashga xizmat qildi.
VI asming o‘rtalarida shakllana boshlagan turk xoqonlarining davlati
Turondan Dunay daryosigacha bo‘lgan bepoyon hududni o‘z ichiga olgan.
Bu mamlakat 0 ‘rta Osiyo, Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Oltoy o‘lkalarida
yashovchi turli xalq va qabilalami o‘zida birlashtiigan edi. Ayni xoqonlik
unga yaqin va yondosh bo‘lgan mayda-mayda hukmronliklarning
Do'stlaringiz bilan baham: |