Doston muallifining mayli Farrux tarafida. Shuning uchun uni himoya
qiladi. Farruxning qalbi saltanatni xushlamay turibdi. Uning faqrga
moyilligi baland. Faqr-saltanatning ziddi. Xoksorona turmush, jism oniy-
botiniy tahorat, ma’rifat zinapoyalari orqali haqiqatning nurU olamiga
kirib borish-faqr yo'lining bekatlaridir. Farrux tabiatida shunday ishtiyoq
makon tutdi. Faqr - tariqat ostonasi. Tariqat esa ishqning kuydiruvchi
olovlarida jizg'anak bo'lib, poklanish, ma’rifat sharobidan sarxushlik
orqali qalban-ruhan asliyatga qaytishdir. Ana shu jarayon badiiy asarlarda
turfa ramziy-majoziy manbalarda namoyon bo'ladi. M a’shuqa vasli qo'l
ostidagi buyum, do'kondagi mato emas. Shundan-da, kim dir unga
yetadi, kimgadir u mutlaqo nasib qilmaydi. Alisher Navoiy Farruxni
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |